Qidirish

Buyurtma berish

Hikmatlar ensiklopediyasi - Anvar Ahmad

395,000 so'm 500,000 so'm

Ushbu kitob ilk bor kichik hajmda nashr etilib, kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan. Yangi nashr esa to‘ldirilib, tuzatilib va tahrirlanib, undagi hikmatlar soni 12 500 taga yetkazildi. Shu sababli kitobga munosib ravishda «Hikmatlar ensiklopediyasi» deb nom berildi. Kitobdan bir-biridan ibratli va mazmunli hikmatlar o‘rin olgan. Undagi hikmatlar Qur’on oyatlari, hadislar, ulamolar hayoti va asarlaridan jamlangan bo‘lib, insonni hayotga yanada teranroq nazar bilan qarashga undaydi. Ushbu asar qalb va dunyoqarashni hikmatlar bilan boyitib, hayotda to‘g‘ri xulosa chiqarish, vaqtni qadrlash va undan unumli foydalanishga chorlaydi. Ulamolarning qimmatli fikrlari esa turli hayotiy vaziyatlarda inson uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi. Kitobdagi hikmatlarni hayotga tatbiq etish orqali kunlarni yanada mazmunli o‘tkazish, hayotga bo‘lgan qarashlarni boyitish va ma’naviy kamolot sari intilish mumkin. Kitob xususiyatlari Muallif: Anvar Ahmad Nomi: Hikmatlar ensiklopediyasi. Saodatga yetaklovchi hikmatlar Nashriyot: Munir ISBN: 9789910801853 Til: O‘zbek tili Yozuvi: Kirill alifbosi Sahifalar soni: 2016 bet Format: A4 Muqova: Qattiq muqova Nashr yili: 2025 Nashr etilgan mamlakat: O‘zbekiston Sahifa yuzasi: Yaltiroq