“MUSTAJOB DUOLAR, MO‘TABAR ZAMONLAR, MUBORAK MASKANLAR” Ustozimiz Shayx Alijon qori qalamiga mansub ushbu kitob haj ibodati asnosida tasnif etilgan. Duo — mo‘minning eng buyuk qurollaridan biri. Ammo qachon duo qilish, qayerda duo qilish va duoning ijobatiga nimalar sabab bo‘lishini bilish ham muhim. Ushbu kitobda: • Duo qachon qabul bo‘ladi? • Qayerlarda duo qilish afzal? • Kimning duosi to‘siqsiz qabul bo‘ladi? • Duoning ijobatiga nimalar to‘sqinlik qiladi? • Mustajob duolarga sabab bo‘ladigan holatlar qaysilar? kabi ko‘plab muhim savollarga javob topasiz. Duo qilishni yanada chuqurroq anglash va mustajob duolar haqida ilm olishni istaganlar uchun qimmatli manba. “MUSTAJOB DUOLAR, MO‘TABAR ZAMONLAR, MUBORAK MASKANLAR” Ilm oling, duo qiling va duoning odoblarini o‘rganing.